
детская одежда — советы по покупке одежды для ребенка
Assalomu Alaykum!
Siz O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi Siradryo viloyati O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi qoshidagi Mirzaobod Ijtimoiy iqtisodiy kasb hunar kollejining saytiga tashrif buyurdingiz!
Saytimizda Kollejimiz bilan yaqindan tanishish bilan birgalikda, kollejimizdagi song’I yangiliklardan ham bohabar bo’lishingiz mumkin.
Mirzaobod ijtimoiy iqtisodiy kasb – hunar kolleji direktori Muhammadiyev Shuhrat Hamroqulovich.
Kollej 2001 yilda qurilib faoliyat ko’rsata boshlagan. Loyiha quvvati 540 o’rinli. Kollej 200 o’rinli talabalar turar joyiga, 150 o’rinli oshxona, 150 o’rinli kutubxona, 200 o’rinli faollar zali, qishki sport zali, yozgi sport maydonchasi, 35 ta fan kabineti, 3 ta ustaxona, 2 ta kompyuter sinfi, 2 ta lingafon kabineti, fizika, kimyo va biologiya labarotoriya xonalari hamda ma’muriy ish yuritish xonalari kabi moddiy texnika bazasiga ega. Shuningdek Axborot resurs markazi adabiyotlar fondi 20250 tani tashkil etadi, shundan 2921 tasi umumiy fanlar, 2903 tasi maxsus fanlar, 1099 tasi elektron adabiyotlar va boshqa turdagi adabiyotlar bilan ta’minlangan.
Kollejda bugungi kunda quyidagi yo’nalishlar mavjud: moliya, bank ishi,buxgalteriya hisobi, boshlang’ich ta’lim, transporlarda tahish va boshqarishni tashkil etish,sozlash va ishlatish hamda tikuvchilik ishlab chiqarish, yog'-moy ishlab chiqarish.
Kollej pedagog xodimlar soni 58 ta, shundan umumta’lim fan o’qituvchilari 35 ta, pedagog ayollar soni 17 ta, bosh o’qituvchi 2 ta, yetakchi o’qituvchi 2 ta, katta o’qituvchi 8 ta.
Kollejda jami o’quvchilar kontingenti 985 ta, shulardan 455 nafari qizlardir. 1 bosqichda 307 nafar, 2 bosqichda 329 va 3 bosqichda 349 nafar talabalar tahsil olishmoqda. 1 bosqichda 10 guruh, 2 bosqichda 10 guruh, 3 bosqichda 11 guruh, jami 31 ta guruh mavjud bo’lib, shulardan 5 tasi boshlang’ich ta’lim, 6 tasi transport vositalaridan foydalanish va ta’mirlash, 6 tasi bank ishi, 4 tasi moliya, 4 tasi buxgalteriya, 3 tasi xo’jalik huquqiy faoliyati va 2 tasi tikuv va tikuvchilik trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi yo’nalishlariga tegishlidir.
Kollejda ish yurutuvchi ma’muriyat quyidagi tarkibdan tashkil topgan: 4 ta kafedra, 3 ta bo’lim, xotin qizlar qo’mitasi, Kamolot YoIHH, Kasaba uyushmasi qo’mitasi, oqsoqollar kengashi, uslubiy kengash, guruh rahbarlari kengashi, ota-onalar qo’mitasi.
Kafedrlar: 1-Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi, 2- Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi, 3-Ijtimoiy iqtisodiy fanlar kafedrasi , 4-Ijtimoiy-kasbiy fanlar kafedrasi . Bo’limlar: Moliya-Iqtisod bo’limi, Pedagogika bo’limi, Avtotransport va ijtimoiy bo’lim.
Manzilimiz Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Navro’z shaharchasi, Mustaqillik ko’chasi 1-uy.
Telefon raqami: 341-14-41, 341-16-64.
E-mail: miikhk@mail.ru, miikhk@yandex.ru, miikhk@doda.uz
MAMLAKATIMIZDAGI SO'NGI YANGILIKLAR BILAN TANISHING
![]() Aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar! Bugun biz mamlakatimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma bir yilligini nishonlamoqdamiz. ... Читать дальше » Qo'shilgan: |
Mirzaobod ijtimoiy iqtisodiy kasb-hunar kolleji ma'muriyati butun xalqimizni eng ulug' ayyom bilan samimiy tabriklaydi. Xalqimizga kelajagimizda baxt, omad, sihat salomatlik, tinchlik va xotirjamlik kabi eng ezgu tilaklarni tilab qolamiz. |
Shu yil 15 iyun kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. ... Читать дальше » Qo'shilgan: |
Mirzaobod Ijtimoiy Iqtisodiy kasb hunar kolleji ma'muriyati barchangizni Ulug' ayyom bilan tabriklaydi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan, olovli maydonlarda o‘z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog‘ida. Beayov jang ... Читать дальше » Qo'shilgan: |
ИКТИСОДИЙ МАНФААТЛАР - бу кишиларни харакатга келтирувчи, уларни хатти-харакатини, интилишини, хулк- атворини белгиловчи куч. Шахс, жамоа, давлат ва миллий манфаатлардан иборат. ИЧКИ МИЛЛИЙ МАХСУЛОТ - бир йил давомида мамлакатда юридик ва жисмоний шахслар томонидан ишлаб чикарилган пировард махсулот ва хизматларнинг бозор бахосидаги киймати. КАДАСТР - 1) ж ... Читать дальше » Qo'shilgan: |
АВАНС - бунак. Бирор иш эвазига кейинчалик хисоб-китоб килиш шарти билан олдиндан бериладиган пул, махсулот, озик-овкат ва х.к. АВТАРКИЯ - (грек.autarkeia- уз-узига етарли)- бу узини узи махсулотлар билан таъминлаб, бошкалар билан камдан кам алокага киришишдир. Асосан натурал хужаликка хосдир. АВИЗО - хисоб-китоб операцияси хусусидаги расмий билдириш, мижозларга банк томонидан А. оркали ... Читать дальше » Qo'shilgan: |
KIRISh Prezidentimizning 37-50 farmoni va Vazirlar Mahkamasining 78-sonli qaroriga asosan Mikrokredit liniyalarini tashkil etish hamda "Kichik va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mikrokreditlarni tashkil etish Mikrokredit bank tomonidan tadbirkorlarga o’z loyihalarini biznes reja asosida izohlab bergan tadbirkorlarimizga boshlanh’ich sarmoyani shakllantirish uchun eng ka mish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha bo’lgan miqdorda mikrokreditlar ajratilmoqda. Hususan biz ham o’z tadbirkorlik faoliyatimizni boshlash bilan birgalikda So’glom ona va so’glom bola dasturiga asoslanib "On-Line Shifokor” tizimini yo’lga qo’yish bilan birglikda aholiga maishiy xizmat ko’rsatish va aholining tibbiy madaniyatini oshirishga o’z hissamni qo’shmoqchiman. Ushbu faoliyatni boshlash uchun bugunbi kunda bitiruvchi talabalarga ajratilayotgan "Imtiyozli kredit” lardan foydalanibbiznes loyiham bilan qatnashmoqchiman. Faoliyatni boshlash uchun bankdan olinadigan 2 400 000 so’m kredi ... Читать дальше » Qo'shilgan: |
Kollejimiz ma’muriyati siz aziz yurtdoshlarimizni va butun musulmon ahlini kirib kelayotgan muqaddas Iyd-Ramazon ayyomi, shuningdek buyuk va muqaddas ayyom, Mustaqilligimizning 22 yilligi bilan samimiy tabriklab barchangizga ishlaringizga rivoj, oilaviy baxt saodat hamda el-yurtimiz va xalqimizga farovonlik tilaydi!Qo'shilgan: |
... Читать дальше » Qo'shilgan: |