Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar havas qilsa arzigulikdir. Hususan o’rta maxsus kasb – hunar ta’limiga davlat siyosati darajasida yondashuv hali hech qaysi bir mamlakat tarixida bo’lgan emas. Bugungi talabalar jahon standartlariga javob beruvchi, issiq, keng, yorug’, darsliklar, o’quv hamda ko’rgazmali qurollar bilan to’la ta’minlangan va malakali o’qituvchi hamda murabbiylar dars beruvchi muhtasham ilm dargohlarida ta’lim olishmoqda. Shunday ta’lim maskanlaridan biri Mirzaobod ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejidir. 4 mart kuni Mirzaobod tumani hokimi Abdumavlonov Husan Abdumannopovich Mirzaobod ijtimoiy iqtisodiy kasb – hunar kollejiga tashrif buyurdi. Tashrifi davomida tuman hokimi kollej bilan yaqindan tanishib, talabalar bilan suhbat qurdi. Tuman hokimi bilan bo’lgan suhbatda talabalarning bugungi hayoti, o’quv jarayoni va muammolari bilan birga ularning inetellektual va ma’naviy dunyo qarashi haqidagi bidirilga
... Читать дальше »