Воскресенье, 13.07.2025, 21:09
Siz Гость bo'lib kirdingiz| Guruh: "Mehmonlar"Assalomu Alaykum Гость| RSS

Mirzaobod Ijtimoiy Iqtisodiy                     Kasb Hunar Kolleji

Bosh sahifaMening uslubimRo'yxatdan o'tishChiqishKirish

Sayt menusi
Statistika
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
200

Sharh

Bosh sahifa » 2011 » Май » 29 » San'atkorlar tashrifi
20:51
San'atkorlar tashrifi


26-may kuni kollejimizga O’zbek Milliy Akademik teatrining aritstlari tashrif buyurishdi. Ular: O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan aktyorlar Hamid Toshpo’latov va Mehriddin Rahmatov hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan aktrisalar Shoxida Ismoilova va Ra’no Yarasheva, shuningdek O’zbek Milliy Akademik teatrining yosh artistlaridan biri Navro’z Jumayev.


Tashrifdan ko’zlangan maqsad talabalarga Mustaqilligimizning 20 yillik yubileyi davomida qo’lga kiritilgan yutuqlar, ular bilan odam savdosiga qarshi muloqot, ijodiy suhbat va madaniy hordiq edi. San’atkorlar avvalam bor kollejizmiz haqidagi dastlabki taassurotlari bilan o’rtoqlashishdi. Hususan Ra’no Yarasheva: "Kollejga kirishimiz bilan kollejdagi bayramona kayfiyat sezilib turibdi. Ko’rinib turibdiki kollej jamoasi Mustaqilligimizning 20 yilligiga munosib tayyorgarlik ko’rmoqda. Hovlidagi gullar, daraxtlar, kollej binosining ichi ham juda ham chiroyli, ko’rkam bezatilgan. Iliq mehmondo’stlik, bularning hamma-hammasi bizni quvontiradi. Bayram arafasida Respublikamizning hamma joylarida bo’ldik. Nihoyat tumaningizga ham yetib keldik. Bu yerlar men uchun juda ham qadrli. Chunki, mening o’zim Samarqandlik bo’lganim uchun, har safar qarindoshlarni ko’rgani borganimizda shu yo’ldan yurardik. Mirzacho’l deb atardik bu yerlarni. Endi esa bu yer Mirzaobod bo’libdi, Navro’z bo’libdi. Bularning hammasi shu xalqning mehnatidir. Mustaqillik sharofati bilan bugungi siz yoshlar mana shunday hashamatli, go’zal, barcha sharoitlarga ega bo’lgan o’quv dargohlarida tahsil olayapsizlar, alabatta buni oqlashingiz kerak.”  

Aktyor Hamid Toshpo’latov esa yoshlarni bugungi O’zbek teatri san’ati shuningdek O’zbek Milliy Akademik teatri bilan yaqindan tanishtirdi.

Ikki san’atkor o’z nutqlaridan so’ng, Ra’no Yarasheva hayotiga bag’ishlab sahnalashtirilgan "Bevalar” spektaklidan kichik bir sahna qo’yib berishdi. Ularning ijodiy mahorati shu darajada yuqori ediki hech qanday sahna bezaklari, mahsus grim yoki senarisiz qo’yilgan kichikkina sahna ko’rinishi tomoshabinlarning gulduroz olqishlari bilan taqdirlandi.

Shoxida Ismoilova o’z nutqida bir nechta, katta-yu kichikka o’rnak bo’lguvchi she’rlar o’qidi. Qoyilmaqom o’qilgan she’rlar ham olqishlar bilan yakunlandi.

Mehriddin Rahmatov: "Bayram arafasi yurtimizning ko’plab go’shalarida bo’ldik, va shu narsaga yana bir bor amin bo’ldimki xalqimiz san’at sevar xalq. Biz mana shu sizlarning olqishlaringizdan energiya olamiz va bu energiyaning quvvati bilan poytaxtda roller ijro etamiz. Auditoriyaning asosini talabalar tashkil etar ekan, shuning uchun ularga ustozlarimizni ulug’lovchi pur ma’no bir she’r bor, ruxsatingiz bilan shu she’rni aytib beraman.

Ustoz polvon o’z shogirdini chaqirib unga shunday debdi:

Polvonlikning 40 sir hunarin, mana o’glim o’rgatdim senga.

Endi borg’il, hech qanday polvon tusha olmas sening oldinga.

Shogird ketdi elni oralab, oylar, yillar soy kabi oqdi.

Bir kun ustoz eshigin tirab,kimdir tarang musht bilan qoqdi.

Ostonada sersavlat shogird, turar mag’rur uyib qovog’in.

Yerga qarab so’z boshladi, xit, "Yurtlar kezdim, uluslar kezdim,

Qolmadi men yiqmagan polvon, Kuragini yerga tekkizdim bo’lsa hamki arslon.

Lek, tan bergan yo’q el-yurt, siz qolibsiz yiqmasam bo’lmas,

Siz borsiz-ki dovrug’im beburd!” Ustoz shogirdga bir so’z demay chiqdi kiyinib.

Mardlar shani bo’lmish maydonga el, olomon keldi yig’ilib.

Yo-rab! Yo-rab! Ustoz shogirdin, bir zarb ila urdi ko’tarib.

Qalqib tushdi dunyo-yu gardun, Qalqib tushdi ko’k to’ntarilib.

To’xtang, to’xtang, to’xtang! Aytgum, bu ne sinoat!

Saqlab qo’ygan ekan bus butun 41-chi usulun ustod,

Shunday nomard shogirlar uchun!”

So’ng esa "Neksiya” spektaklidan kichik hajviy sahna tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Navro’z Jumayev esa o’z nutqida yoshlarga ustozlarning etagidan mahkam tutishni, har doim olg’a intilish va Vatanga munosib farzand bo’lishni maslahat berib, yangi "Tili asalim” spektaklidan qo’shiq hirgoya qilib berdi. Jonli ovozda aytilgan qo’shiq barchaga hush yoqdi va qarsaklar uzoq vaqt davom etib turdi.

San’atkorlar chiqishlaridan so’ng esa ular bilan savol javoblar bo’lib o’tdi. Berilgan savollar san’at olami va san’atkorlar shaxsiy hayotiga taaluqli bo’ldi va ularning barchasiga javob berildi.

Shuni takidlash joizki san’atkorlar o’zlarining shaxsiy hayotlarida kechirgan turli qiziq voqealar bilan zaldagilarni zeriktirib qo’yishmadi. Kollejimiz ular safarining oxirgi bekati bo’lganligi uchun ham ular bu yerda bemalol, shoshilmay o’tirganliklarini ma’lum qilishdi. Savol javoblardan so’ng esa san’atkorlar bilan ommaviy sur’atga tushgan va ulardan dasxatlar olgan muhlislar ularni o’z uylariga kuztib qolishdi.

 

Ko'rilgan: 2257 | Qo'shgan: MIIKHK | Teglar: Mehriddin, Ismoilova, Shoxida, Jumayev, Navro’z, Toshpo’latov, Rahmatov, Yarasheva, Ra’no, HAMID | Reyting: 5.0/1
Jami sharhlar: 0
Qidiruv
Taqvim
«  Май 2011  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031