Пятница, 11.07.2025, 16:45
Siz Гость bo'lib kirdingiz| Guruh: "Mehmonlar"Assalomu Alaykum Гость| RSS

Mirzaobod Ijtimoiy Iqtisodiy                     Kasb Hunar Kolleji

Bosh sahifaMening uslubimRo'yxatdan o'tishChiqishKirish

Sayt menusi
Statistika
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
200

Sharh

Bosh sahifa » 2011 » Март » 4 » Kollejimizda tuman hokimi mehmon!
22:56
Kollejimizda tuman hokimi mehmon!
Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar havas qilsa arzigulikdir. Hususan o’rta maxsus kasb – hunar ta’limiga davlat siyosati darajasida yondashuv hali hech qaysi bir mamlakat tarixida bo’lgan emas. Bugungi talabalar jahon standartlariga javob beruvchi, issiq, keng, yorug’, darsliklar, o’quv hamda ko’rgazmali qurollar bilan to’la ta’minlangan va malakali o’qituvchi hamda murabbiylar dars beruvchi muhtasham ilm dargohlarida ta’lim olishmoqda. Shunday ta’lim maskanlaridan biri Mirzaobod ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejidir. 4 mart kuni Mirzaobod tumani hokimi Abdumavlonov Husan Abdumannopovich Mirzaobod ijtimoiy iqtisodiy kasb – hunar kollejiga tashrif buyurdi. Tashrifi davomida tuman hokimi kollej bilan yaqindan tanishib, talabalar bilan suhbat qurdi. Tuman hokimi bilan bo’lgan suhbatda talabalarning bugungi hayoti, o’quv jarayoni va muammolari bilan birga ularning inetellektual va ma’naviy dunyo qarashi haqidagi bidirilgan fikrlar xulosasi O’zbekistonday tinch, osoyishta va har tomonlama rivojlanib borayotgan yurtimiz kelajagi yoshlar qo’lida ekanligi yana bir bor eslatib o’tilishi bo’ldi. Shuningdek tuman hokimi talabalar turar joyiga borib, u yerdagi olisdan kelib tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bugungi kunda kollej rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar tuman hokimi tomonidan ijobiy baholandi hamda bu borada o’zining maslahat va tajribalari bilan o’rtoqlashdi. Mirzaobod tumani hokimining Mirzaobod ijtimoiy iqtisodiy kasb hunar kollejiga tashrifi kunning ikkinchi yarmida o’z nihoyasiga yetdi.

Ko'rilgan: 1192 | Qo'shgan: MIIKHK | Teglar: ZAChOT bu SChET | Reyting: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
Qidiruv
Taqvim
«  Март 2011  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031