Суббота, 19.07.2025, 08:40
Siz Гость bo'lib kirdingiz| Guruh: "Mehmonlar"Assalomu Alaykum Гость| RSS

Mirzaobod Ijtimoiy Iqtisodiy                     Kasb Hunar Kolleji

Bosh sahifaMening uslubimRo'yxatdan o'tishChiqishKirish

Sayt menusi
Statistika
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
200

Sharh

Bosh sahifa » 2011 » Февраль » 11 » Shoxlar shoiri va shoirlar shoxining 570 yillik tantanalari
00:11
Shoxlar shoiri va shoirlar shoxining 570 yillik tantanalari

Ўзбек адабиётидагина эмас, балки жаҳон адабиётида ўзининг пурмаъно ва беҳисоб асарлари билан ном қозонган Амир Низомиддин Алишер Навоийнинг мероси ҳақида юзлаб илмнй тадқиқотлар, минглаб мақолалар яратилган. Буюк аллома, нозиктаъб шоир, синчков тилшунос, таниқли тарихчи, ислом динининг пешвоси, санъат ва адабиёт аҳлининг раҳнамоси, давлат арбоби ҳисобланган. Алишер Навоийнинг серқирра ижОДИ ва фаолиятини қанчалик ўрганмайлик, унинг янги-янги жиҳатлари намоён бўлаверади. Зеро. Юртбошимиз И. Каримов "Юксак маънавият — енгилмас куч" асарида улуғ алломанинг фаолиятига тўхталиб, Навоийга ниҳоятда гўзал ва аниқ таъриф берганлар: "Агар бу улуғ зотни авлиё десак, у авлиёларнинг авлиёси, мутафаккир десак, мутафаккирларнинг мутафаккири, шоир десак. шоирларнинг султонидир".

Bul zotning bu yil 570 yillik yubileyi yurtimizning barcha joylarida bo’lgani kabi kollejimizda ham keng nishonlandi. 9 fevral 2-juftlik darsalardan so’ng kollejimiz faollar zaliga yig’ilgan talaba, o’qituvchi va mehmonlar birinchi bosqich 91-92 va 93-guruhlar talabalari o’rtasidagi "Navoiyxonlik kechasi” nomli ko’rik tanlovimiz guvohi bo’ldilar. Tanlov shartlari 6 ta bo’lib, unda ishtirokchi guruhlarning devoriy gazetalari, ijodiy va aqliy chiqishlari baholandi. Ayniqsa intiqib kutilgan bahrubayt sharti juda murosasiz tus oldi. 92- guruhning "Barkamol avlod” komandasi bahrubaytni birinchi bo’lib tark etgan bo’lsa, qolgan 91- guruhning "Xamsa” hamda 97-guruhning "Navo” komandalari o’rtasidagi bellashuv durrang bilan nihoyasiga yetdi. Tanlovning umumiy natijalariga ko’ra "Xamsa” guruhi 1-o’rinni, "Navo” guruhi 2-o’rinni va "Barkamol avlod” guruhi 3-o’rinni egallashdi. G’oliblarimizni tabriklaymiz!

Qiziqarli fakt: Mana ikkinchi yildirki Moliya bo’limi talabalari "Navoiyxonlik kechasi” ko’rik tanlovida birinchilikni egallab kelmoqda.

Ko'rilgan: 994 | Qo'shgan: MIIKHK | Teglar: Mirzaobod ijtimoiy iqtisodiy kasb h, Tavallud, Alisher Navoiy, MIIKHK, Xamsa | Reyting: 0.0/0
Jami sharhlar: 0
Qidiruv
Taqvim
«  Февраль 2011  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28