Bu fikrlarni olisdagi kollejlardan birida o’qiyotgan tengdoshimning hasratlaridan kelib chiqib yozdim! Mart oyi daoimgiday semester vaqti. Bu kundan kimdir bezor, yana kimdir faqat shu kunni kutib kelishgan. Kimning bezorligi-yu kimning intizorligi sizga ma’lum albatta. Besh qo’l baravar emas. Talabalarning hammasi ham qunt bilan tahsil olib, ilm o’rganishmaydi. Shuningdek o’qituvchilarning hammasi ham talabaga qunt bilan dars o’tmaydi va 80 daqiqa o’quvchilarni bir xonaga qamash bilan vaqt o’tkazishadi. Biroq hammasi ham unday emas-ku?!... axir astoyi – dil darsga tayyorlanib o’rganib, o’qib emas uqib kelgan talabalar ham bor-ku. Axir talabaga tushuntirish uchun asablari-yu sabrini ham ayamaydigan talabaga ziyo tarqathishga bel bog’lagan domlalar ham talaygina-ku! Biroq aynan shu vaqt kelganda o’sha baravar bo’lmagan qo’llar shunday aybsiz aybdorlarga qora nom olib berishmayapti? Men talabaga tushuntirish uchun asablari-yu sabrini ham ayamaydigan talabaga ziyo tarqathishga bel bog’lagan domlalar safidagi ayrim nusxalarni nazarda tutayapman. Ularning oldiga "Domla. Zachot” deb borsangiz ular "Domla schet (hisob-kitob)” deb eshitishadi. Ular faqat mana hu kunni kutib yurishganday go’yo. Shunday lahzalarda ayrim domlalarni ko’rib fig’onim falakka chiqadi. Sentyabrdan Martgacha uning fanidan o’qib, o’rganib, darslarda qatnashib, konspekt-u ma’ruzalarni yozib borsangizda oxirida darsga bir kelib bir kelmay, bu fandan mutlaqo tushunchasi, daftar tugul ruchkasi ham yo’q bo’lgan kursdoshingiz arzimagan pul bilan siz bilan tengma teng baho olishi alam qilmaydimi. Men baho uchun o’qimayman, lekin g’urur degan narsa bor-ku. Nega shuncha mehnat qilib oqlab olgan beshni yil oxirida 5-4 so’m bilan olib ketish kerak ekan? Nahotki o’qigan va o’qimagan orasidagi farq manashu 5-4 so’m bo’lsa? Mening nafsim balodur, har ko’ylarga solodur deganlaridek ayrim nafsini jilovlay olmaydigan nusxalar talabaning sharoiti-yu, ahvolini hisobga olish u yoqda tursun, hatto yil bo’yi o’qigan boladan ham pul TALAB qilishadi. Shunday hollarda bunday "domlalar” ham "ha, bolaning o’zi o’qimasa, hech baloni bilmasa, biz nima qilaylik” deyishadi. Shularga qarab aytaman: Shunday domlalar borki guruhdagi eng ikkichi bola ham uning darsida kamida savol javobga qatnashadi, uyga vazifa-yu konspektlarni qilishadi. Ya’ni o’qitishni bilishadi. ESLATMA! ZAChOT bu SChET EMAS! Bu fikrlarni olisdagi kollejlardan birida o’qiyotgan tengdoshimning hasratlaridan kelib chiqib yozdim!