Bu savolga javobni bermasdan oldin hayolingizga qay so’z keldi Zaxiriddin Muhammad Bobur hazratlarining
tavallud kunimiyoki Sevishganlar kunimi? Balkim hozirning
o’zida javobingizni unutgandirsiz, balkim atrofinggizdagilardan uyalib
javobingizni aytmayotgan yohud uni o’zgartirgandirsiz. Keling shu yerda holis
va ochiqchasiga rost gapni ayting! Men hayolingizga birinchi bo’lib Shox va
shoir, buyuk sulola davomchisi va yangi sulola asoschisining tavallud kuni kelganini
istardim. Zero biz o’zbek yoshlari ajdodlarimizning jahon tan olgan hamda biz
uchun qilgan ishlarini unutmaganligimizning bir isboti ularni yod etishdir.
Butun dunyo bu buyuk ajdodimizni tan olgan bo’lsada bu kun ular mutlaqo boshqa
bayramni nishonlashadi bu – SEVISHGANLAR
KUNI. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, biz ham sevishganlar kunini
nishonlashimiz kerakmi? Balkim, nishonlashimiz kerakdir, biroq hazrati
Zahiriddin Muhammad Borburning tavalludini nishinlashimiz shart. Sevishganlar
bayrami biz uchun yangi bayramlardandir. Biroq bobokalonimiz biz uchun yangilik
emas-ku, ular kichik bir odam ham emas, ular ma’lum bir kasb egalarigagina
tegishli shaxs ham emas, nega endi ularning tavalludi sevishganlar kunidan
ustun kela olmaydi? Balkim sevgi tuyg’usi insonning har qanday boshqa
tuyg’ularidan ustun, inson sevgisi oldida go’yo bir qulday, sevgi bu ilohiy
ne’mat dersiz? Ha, bu fikrlaringiz to’g’ri. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki,
Vatan tuyg’usi sevgi tuyg’usidan kam emas, Bobur o’zga yurtda shox bo’lguncha
o’z yurtida qul bo’lishni abzal ko’rgan, Vatan sog’inchi ham ilohiy
ne’matlardandir. Nahotki shunday hislatlarga ega ajdodimizni yod etish va
ularning ishlarini madh etish biz uchun malol kelsa. Agar chindan ham siz uchun
bu malol kelsa, demak siz xudbin ekansiz. Chunki siz faqat o’zingizni o’ylar
ekansiz, bunday davom etsa bora – bora ertangi avlodlaringiz sizni ham
eslashmasligi tabiiy bir holday bo’lishi muqarrar. Albatta eslashmaydi, siz
shunday bir buyuk ajdodingizni yod etmaysiz-ku, sizni qanday eslashsin. Shu o’rinda
yana bir mulohazali va haq so’z paydo bo’ladi. Insonning umri yoshi bilan emas,
uning qilgan ishlari bilan o’lchanadi. Har kim ham shunday buyuk ishlar qila
olmaydi. Hozir siz o’sha tarixiy personaj Valentinni yod etgandirsiz, u ham
jasorat ko’rsatgan – ku dersiz. Keling endi shu ikki bayramlardan qay biri biz
uchun birinchi darajali ekanligini bilish uchun ularni tarozining ikki
pallasiga solib ko’raylik:
Birinchidan- Boburning tavaludi aniq va fakt, Valentin esa rivoyat.
Ikkinchidan - bu kun Bobur tug’ilgan, Valentin o’lgan. Uchinchidan – Bobur yurt
uchun yashagan, yurt uchun jasorat ko’rsatgan, Valentin faqat o’zi va sevgilisi
uchun. To’rtinchidan – Bobur bizning ajdodimiz, Valentinchi? Beshinchidan –
Boburning bayrami biz uchun hech qanday yod illatlarni olib kirmaydi,
Valentinda g’arbona ibosiz, hayosizlik illatlari kirib kelmoqda.
Men sizning fikringizni zo’rlik bilan o’zgartira olmayman, biroq mening
maqsadim milliylikdan chalg’imaslik, o’zlikni va ajdodlarimiz oldidagi
qarzlarimizni unutmaslikni eslatib o’tish.