Пятница, 11.07.2025, 09:00
Siz Гость bo'lib kirdingiz| Guruh: "Mehmonlar"Assalomu Alaykum Гость| RSS

Mirzaobod Ijtimoiy Iqtisodiy                     Kasb Hunar Kolleji

Bosh sahifaMening uslubimRo'yxatdan o'tishChiqishKirish

Sayt menusi
Statistika
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
200

Sharh

Bosh sahifa » 2011 » Февраль » 20 » SPIKER eng yaxshi ishtirokchi
20:47
SPIKER eng yaxshi ishtirokchi

15-16 fevral kunlari Guliston shaxridagi 1-akademik litseyida "Huquq bilimdonlari” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlov viloyat bosqichida bo’lganligi uchun ham unda 20 tajamoa ishtirok etishdi. Ular qatorida kollejimizning "SPIKER” jamoasi ham bor edi. Jamoamiz a’zolarining aksariyati ho’jalik huquqi faoliyati yo’nalishi talabalaridan tarkib topgan bo’lsada, ularni moliya yo’nalishining 3 nafar vakillari to’ldirib turishdi. Tanlovning shartlari Tanishtiruv, Savol javob va Sahna ko’rinishi edi. Ularning deyarli barchasida jamoamiz omadli ishtirok etdilar. Hususan 1 shart natijalari bizni umumiy hisobda 3 o’ringa olib chiqdi. Biroq   ertalab soat 9 00 dan tushdan so’ng 15 00 gacha boshqa jamoalar chiqishlari jamoamiz a’zolarini jismonan toliqtirdi shekillik ular 2 shartda savollarga to’liq javob bera olishmadi. Bunday hol faqat bizda emas ko’plab boshqa jamoalarda ham yuz berdi. Tanlovning 3-sharti 16-fevralga ko’chirildi, birinchi kungi natijalarga ko’ra ko’plab jamoalar juda past ball olishganligi uchun 2-kun ularning aksariyati tanlovga kelishmadi. 1-kungi natijalarga ko’ra bizning balimiz 4 o’rinni naqd etgan edi, 2-kun biz yuqori natijalar uchun kurashdik. Biroq tan olishimiz kerakki boshqa jamoalarning sahna ko’rinishlari biznikidan yaxshiroq chiqqan edi. Jamoamizning bu shartdagi muvofaqqiyatsizligi jamoa a’zolariga mutlaqo bog’liq emas, aksincha ular qo’llaridan kelgan jamiiyki imkoniyatlardan foydalanishdi. Agar shu shartda ham yutganimizda biz kuchli uchlikdan joy olgan bo’lar edik. Biroq biz umumiy natijalarga ko’ra 4 o’rin, Eng yaxshi ishtirokchi jamoa nominatsiyasiga sazovor bo’ldik. Bu nominatsiyaga hamma ham erisha olmadi. Hususan mezbon jamoa, shahar kollejlari ham quruq qo’l bilan qaytishdi. Tumanimizdan esa bizdan boshqa bironta ham kollej qatnashmadi. Demak biz chindan ham eng yaxshi ishtirokchimiz!

Ko'rilgan: 1294 | Qo'shgan: MIIKHK | Reyting: 0.0/0
Jami sharhlar: 1
1 (04.03.2011 19:56) [Material]
Natija yomon emas. Ammo bizga buni hikoya qilishing shart emas. Chunki biz ham o`shatta edik.

Qidiruv
Taqvim
«  Февраль 2011  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28