1 Burratinoning sarguzashtlari asari muallifi Aleksey Tolstoy Burratinoning otasi bo’lmish Karlo ota obrazini jahon adabiyotining bir vakiliga, aniqrog’I Karlo Kaloddi bag’ishlab nomlaydi. Savol nima uchun A. Tolstoy bunday qilgan? 2. Shou biznes olamida Oltin disk nomi sotilgan disklar bahosi 1000000 $ ga yetgan disklarga qo’yiladi. Biroq 1000000 dona nusxadagi disk sotilsa nima deyiladi? 3. Robinzon Kruzo kimsasiz orolda qancha vaqt yashadi? 4. 1936 yilgacha hokkey maydonida bu narsa yo’q edi. Faqatgina 1936 yilga kelib yaponiyalik Tanaki Xoimi Berlin shahrida uning dastlabki ko’rinishini yasadi va shaxsan ilk bor shu narsadan foydalandi. Uning bu ixtirosi nafaqat o’z safdoshlari balkim butun dunyo hokkeychilari tomonidan qo’llab quvvatlandi. Savol bu nima? 5. U- taqinchoqsiz ziynat, Saltanatsiz haybat, Mehnatsiz ibodat, Devorsiz qal’a, Uzrdan qutulish, Farishtadek ozodlik, ayblardan holilik. Luqmoni Hakim yuqoridagi yeti hosiyatda nimani nazarda tutmoqda? 6. Amerika prezidentlari foto galereyasi iborasi ko’chma ma’noda aynan nimaga bag’ishlab aytilgan? 7. Bu teatr nafaqat poytaxtdagi, balkim yurtimizdagi eng katta va mashhur teatrlardan biri bo’lib, teatr poytaxtimizning Xadra maydoni yonida joylashgan. Bugungi kunda bu teatrda Rixsi Ibrohimova, To’ti Yusupova, Farhod Abullayev, Mirza Azizov kabi iste’dodli va mashhur aktyorlar ishlashadi. Ma’lumot o’rnida shuni aytishim mumkinki bu teatr sahnasida ro’l ijro etish kollejimizning faqat 3 nafar talabasiga nasib etgan. Bu qaysi teatr? 8. Oq ayiqning yungi qanday rangda? 9. 1001 savolga psixologning 1001 javoi kitobida keltirilishicha: Odam Ato va Momo Havo juda baxtli hayot kechirishgan, chunki ularda qaynona va qaynota muammolari bo’lmagan. Ammo ular bir masalada zerikishgan, ya’ni … odam bo’lmagan. Savol qanday odam bo’lmagan? 10. Bu odamning fikricha mast odam ro’lini eng yaxshi o’zshatuvchi odam bu umrida mutlaqo spirtli ichimlik ichmagan odam ekan. Rejjisor va aktyor bu fikrni o’z asarlarida bir necha bor isbotlashga harakat qildi bu kim? 11. Rossiya Federativ Respublikasi Turkmaniston Respublikasi bilan qanday chegaradosh.